Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat mahallada!

Deputat so‘rovi amalda: “Zangi” mahallasidagi elektr simyog‘ochlari yangilanadi

🇺🇿Tasdiqlangan reja-jadval asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M.Hojiyeva “Zangi” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi ayrim elektr simyog‘ochlarining yaroqsiz holga kelib qolgani, bu esa elektr ta’minoti xavfsizligi va sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📌Murojaatlarni atroflicha o‘rgangan deputat M.Hojiyeva mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputat so‘rovi yubordi. So‘rovda mahalladagi eskirgan va foydalanish uchun xavf tug‘dirayotgan simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish hamda elektr tarmoqlari holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish so‘ralgan.
📌Deputat so‘rovi ijrosi yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Zangi” mahallasi hududidagi yaroqsiz ahvolga kelib qolgan elektr simyog‘ochlarini bosqichma-bosqich yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilishi belgilandi.
📌Mazkur ishlar aholi uchun xavfsiz va barqaror elektr ta’minotini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi nosozliklarning oldini olish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
📌Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini hal etish va hududlarni rivojlantirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5