Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Muzrabot tumanidagi bosh mutaxassisi K. Esanov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Muzrabot tumanida joylashgan “Do‘stmuhammad bobo” jome masjidiga tashrif buyurilib, masjid imom noibi Akbar Shukurov bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida qonun mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yil boshidan buyon tumandagi umumta’lim maktablarida 72 ta, tashkilot va muassasalarda 24 ta, mahallalarda esa 38 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etilgan.
Mazkur tadbirlar tuman imom-xatiblari, imom noiblari hamda mahalla imom vakillari tomonidan “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!” shiori ostida o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbirlarda aholi ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish, shuningdek, turli buzg‘unchi va radikal g‘oyalarga qarshi ilm-ma’rifat, tafakkur va ogohlik bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Shuningdek, yoshlar qalbida mas’uliyat, vatanparvarlik va qonunlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani qayd etilgan.

O‘rganishlar yakunida bunday targ‘ibot tadbirlarini kelgusida ham tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda mahallalarda muntazam tashkil etib borish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3