Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Yarmatov Muhiddin Nurxonovich tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.Joriy yilning 18-iyun kuni qabulida “Zangilambob” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolar murojaat qilib, hududda ichimlik suvi ta’minoti darajasi yaxshimasligi hamda toza ichimlik suvi tarmog‘i mavjud emasligi sababli aholi kundalik hayotda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Murojaatda qayd etilishicha, mazkur hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish zarurati mavjud.

Mazkur murojaatni hal etishda hamda aholini qiynayotgan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida murojaatda ko‘rsatilgan holatni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganish, “Zangilambob” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun yangi suv liniyalarini tarmog‘ini tortish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammoni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish so‘ralgan.

Fuqarolarning murojaatlari deputat e’tiborida bo‘lib, ularni qonuniy hal etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1