Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro'z saylov okrugi deputati To'rayev Norquvvot tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Joriy yilning 19-iyun kuni deputat qabulida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi murojaat qilib, mahalla hududidagi Ibn Sino nomli ko‘chada tomorqa yerlarini sug‘orishda foydalaniladigan ariqlarga suv kelmayotgani sababli ekinlarni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotganini ma’lum qildi.Murojaatda qayd etilishicha, suv ta’minotidagi ushbu muammo tomorqa yerlaridan samarali foydalanishga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ekinlarning qurib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur murojaatni ijobiy hal etish hamda aholini qiynayotgan muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida murojaatda ko‘rsatilgan holatni joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda “Navro‘z” mahallasi aholisi tomorqalarini suv bilan ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rish so‘ralgan.

Fuqarolarning murojaatlari deputat e’tiborida bo‘lib, ularni qonuniy hal etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1