Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari va sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida markaz tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar hamda boshqa ehtiyojmand qatlamlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati bilan tanishildi. Shuningdek, murojaatlarni qabul qilish, ularni ko‘rib chiqish muddatlari, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish va fuqarolar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

Markaz rahbariyati va xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbat davomida aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, markazda xizmat oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, elektron axborot tizimlaridan foydalanish holati va xizmat ko‘rsatish madaniyati ham ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar bilan muloqotlar davomida ularning markaz faoliyatidan qoniqish darajasi ham o‘rganildi.

Slide 1 of 7