Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Izzat Masharipov hamda tuman Kengashi deputati Dilmurod Qo‘shnazarov tomonidan Madaniyat, Beshchiqir va Po‘lat mahallalari aholisi bilan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul Madaniyat mahallasi hududidagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman elektr ta’minoti korxonasi, gaz ta’minoti korxonasi, obodonlashtirish boshqarmasi, yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda Davlat xizmatlari markazi vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, elektr uzatish tarmoqlaridagi nosozliklar, elektr energiyasi kuchlanishining pastligi, bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash, aliment undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlarning bir qismiga mas’ul mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar aholi muammolarini joyida o‘rganish, ularning yechimini topish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8