Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Markaziy istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumanning markaziy “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish maydonida olib borilayotgan ishlar, obyektning tayyorgarlik darajasi hamda qurilish sifati bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlarini amalga oshirayotgan “Yuksak Ta’lim Ta’mir” MChJ mas’ullari va mutaxassislar bilan suhbatlashilib, loyihada belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, bog‘ hududida aholi uchun qulay dam olish maskanlari, piyodalar yo‘laklari, bolalar o‘yin maydonchalari, yashil hududlar, favvoralar, amfiteatr, shoirlar maydonchasi hamda zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida qurilish materiallarining sifati, mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi va belgilangan muddatlarga amal qilinishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Deputat tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8