Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar M.Ashurov va T.Mirsidiqov tomonlaridan tumanning “Chinor” mahallasi ichki yo‘llari holatlari va ularni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va yo‘llarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ayniqsa, ta’mirtalab yo‘l uchastkalari, yomg‘ir va qor suvlari ta’sirida shikastlangan yo‘laklar hamda transport harakati serqatnov bo‘lgan hududlarga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat mahalla faollari bilan muloqot qilib, ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, yo‘llarni shag‘allash, asfaltlash, yo‘l chetlarini tartibga keltirish, suv qochirish tarmoqlarini yaxshilash hamda harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilish holati ham o‘rganildi.

O‘rganish yakunida mahallaning ichki yo‘llarini yanada yaxshilash, ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish, aholi uchun munosib infratuzilma yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan mazkur masala doimiy nazoratda saqlanishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3