Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan tumanning “Istiqlol” mahallasiga biriktirilgan xotin-qizlar faoli A.Ustemirova faoliyati O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan oʻrganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini tashkil etish hamda oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron platformalarga kiritilayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, hamda belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Slide 1 of 3