Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI VA YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan okrugdagi “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.O‘rganishlar davomida “Istiqbol” MFY yoshlar yetakchisi S. Ismoilov tomonidan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 3 nafar yoshning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangan. Shuningdek, 1 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imtiyozli kredit ajratilgan.Bundan tashqari, “Ijtimoiy reyestr”da turuvchi oila farzandi bo‘lgan 1 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, uning kontrakt to‘lovi qoplab berilmoqda.O‘rganish davomida mahalla hududida og‘ir toifadagi 6
nafar yosh aniqlanib, ularning muammolarini bartaraf etish yuzasidan manzilli ishlar tashkil etilgani qayd etildi. Natijada 6 nafar yoshning muammosi ijobiy hal etilib, ulardan 2 nafariga zarur asbob-uskunalar ajratilgan, 1 nafariga imtiyozli kredit berilgan hamda 3 nafarining doimiy bandligi ta’minlangan.Shuningdek, yoshlar siyosatiga oid boshqa yo‘nalishlar kesimida ham amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.Muloqot jarayonida deputat tomonidan yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Tadbir yakunida mahalladagi yoshlar muammolari va takliflari muhokama qilinib, ularni hal etish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
  

Slide 1 of 3