Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri O.Anarov, Ohangaron shahar hokimi S. Shoqosimov, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi raisi Y. Alisherov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Abdullayev ishtirokida Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashida ish yurituv hujjatlari va doimiy komissiyalar faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi, qarorlarning namunaviy tavsiyalar asosida rasmiylashtirilganlik holati o‘rganildi.

#kotibiyat_faoliyati

O‘rganish jarayonida Kengash faoliyatiga oid hujjatlarning qonunchilik talablariga muvofiq yuritilishi, doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmuni va rasmiylashtirilishi, shuningdek, ijro intizomiga rioya etilishi yuzasidan tahlillar olib borildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Sessiyalar kun tartibiga kiritilgan masalalarning dolzarbligi, ularning hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati hamda qabul qilingan qarorlarning ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilish davomida mas’ul rahbarlarning hisobotlari belgilangan muddatlarda tinglanishi, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda Kengashning nazorat funksiyalarini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddi rahbarlarga hujjatlar bilan ishlash sifati, sessiyalarni tashkil etish va qarorlar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 3