Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahrining “Samarchuq” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

#deputatlik_faoliyati #hokim_yordamchilari

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Abduqodir Begmatov tomonidan Angren shahrining “Samarchuq” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan xonadonbay va mahallabay ishlash tizimi, ehtiyojmand oilalar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, imtiyozli kreditlar ajratilishi, kasb-hunarga o‘qitish, subsidiya va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining amaliy natijalari yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ularning bandlik, daromad manbalarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Aniqlangan muammo va takliflar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida kambag‘allikni qisqartirish dasturlari ijrosini yanada kuchaytirish, aholini doimiy daromad manbaiga ega qilish hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi. Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar ustidan deputatlik nazorati muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 1