Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vohid Yo‘ldoshev tomonidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligini o‘rgandi.

#deputatlik_faoliyati #bozorlardagi_narx_navo

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Vohid Yo‘ldoshev tomonidan bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar zaxirasining yetarliligi, savdo rastalaridagi sharoitlar hamda mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, sotuvchilar bilan muloqot qilinib, narxlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, mahsulotlarni yetkazib berishdagi mavjud holat va aholini uzluksiz ta’minlash masalalari muhokama etildi. O‘rganish yakunlari yuzasidan aniqlangan holatlar tegishli mutasaddilar bilan ko‘rib chiqilib, aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda narxlar barqarorligini saqlash bo‘yicha zarur tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, iste’mol bozoridagi vaziyatni doimiy nazorat qilib borish hamda mavjud muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishiga ko‘maklashish maqsadida muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4