Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
"Tashabbusli budjet" loyihasidagi muammo joyida hal etildi

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev tomonidan "Yuqoribog‘" mahallasida "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihaning amalga oshirilishi va ijro jarayonlarining kechikish sabablari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida loyihada ko‘zda tutilgan lotok (ariq)lar o‘rnatish va piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) qurish ishlariga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo aniqlandi. Mazkur infratuzilma obektlarining yo‘lning qatnov qismiga chiqib qolishi avtomobillar harakati uchun jiddiy xavf va to‘siq yarataotgan edi.

Ushbu masalaga yechim topish maqsadida quruvchi tashkilot, shahar hokimligining qurilish majmuasi hamda shahar arxitektura bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi.

Yechim: Lotok va piyodalar yo‘lakchasini aholi xonadonlarining oldi qismidan o‘tkazishga kelishib olindi. Ilgari bu yerda trotuar mavjud bo‘lgan, biroq keyinchalik ko‘milib, o‘rnida noqonuniy bog‘ va garajlar qurilganligi sababli yo‘qolib ketganligi fuqarolarga atroflicha tushuntirildi. Mahalliy aholi bu vaziyatni to‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatladi

Slide 1 of 1