Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Murojaatda Gulzor va Qorasuv mahallalari aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar hamda suv yetib bormayotgani masalasi ko‘tarilgan edi.

Deputatlik so‘rovi tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganishlar davomida ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar aniqlanib, quvurlardagi muammolar bartaraf etildi hamda zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida Gulzor va Qorasuv mahallalari aholisining ichimlik suvi ta’minoti tiklanib, murojaatda ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1