Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Deputat yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 13-Angor saylov okrugi deputati Jo‘rayev Akbar Nortojiyevich tomonidan o‘z hududidagi yoshlar yetakchisi Z. Shaimov faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, yoshlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish yuzasidan olib borilayotgan faoliyat bilan tanishildi.

Deputat tomonidan yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar bilan samarali ishlash, ularning manfaatlarini himoya qilish va jamiyatdagi faolligini oshirish hudud rivojining muhim omillaridan biridir.

Slide 1 of 1