Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
KORRUPSIYA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik tamoyillarini keng targ‘ib etish hamda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Angor tuman prokuraturasi, Departamentning Angor tuman bo‘limi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilari va tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarishda halollik, shaffoflik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha mas’ul tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️ Halollik — ishonch asosi, korrupsiyasiz jamiyat esa barqaror taraqqiyot garovidir.

Slide 1 of 1