Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar sohasiga oid qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 20-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan deputat, Ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi Zokir Mullajonov tomonidan Zarbdor tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Xususan, qonunda keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar turlari, ularning huquqlari, davlat tomonidan yaratilayotgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan normalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, qonun ijrosini amalda ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish, ehtiyojmand fuqarolar bilan individual ishlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga sifatli va o‘z vaqtida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish borasidagi vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5