Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova tomonidan Oybek mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaro jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun moddiy yordam ajratish masalasida murojaat qilgani aniqlandi. Murojaatchining holati o‘rganilib, uning “Ayollar daftari” hamda Ijtimoiy reyestriga kiritilgani ma’lum bo‘ldi.
Fuqaroga amaldagi tartiblarga muvofiq, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolariga jarrohlik amaliyoti xarajatlarini qoplash uchun moddiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.
Shuningdek, murojaatchiga “Ayollar daftari” hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy yordam olish imkoniyatlari mavjudligi, buning uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish zarurligi tushuntirildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalasida mahalladagi ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda tegishli ishlarni davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 3