Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Kengash raisi Pedagoglarning huquqiy maqomi va kafolatlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi, 1-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat Anvar Aralov tomonidan Zarbdor tumanidagi Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli 1-sonli kar bolalar maxsus maktab-internati pedagoglari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida pedagog xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 1-fevralda qabul qilingan “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Xususan, qonunda pedagoglarning kasbiy faoliyatini amalga oshirishdagi huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari, mehnat faoliyati uchun yaratiladigan shart-sharoitlar hamda ularning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kafolatlar belgilab qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, pedagoglarni o‘z kasbiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etishga yo‘l qo‘yilmasligi, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlatning muhim vazifalaridan biri ekani, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglarning o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr yuritildi.
Muloqot davomida pedagoglarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularning taklif va mulohazalari yuzasidan ochiq fikr almashildi.

Slide 1 of 4