Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
TOSHKESGAN MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI VA MAHALLA RAISINING FAOLIYATI OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Reglament va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Zafar Umurzakov hamda 19-Toshkesgan saylov okrugi deputati Olim Mamato'rayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Husan To'rayevlar tomonidan “Toshkesgan” mahallasidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda mahalla raisining ish samaradorligi o'rganildi.
Oʻrganish davomida quyidagilarga asosiy eʼtibor berildi:
Mahalladagi ichki muammolar: Aholini qiynayotgan infratuzilma masalalari, jumladan, ichki yoʻllarning holati, ichimlik suvi taʼminoti, elektr energiyasi hamda hudud obodonchiligi bilan bogʻliq muammolar joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi;
Raisning umumiy faoliyati: Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning mahalla darajasida hal etilishi, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi hamda ehtiyojmand qatlam bilan ishlash holati koʻrib chiqildi;
Kuz-qish taʼminoti: Aholiga koʻmir mahsulotini adolatli yetkazib berish maqsadida ehtiyojmand xonadonlar roʻyxatining haqqoniyligi va portal orqali tasdiqlanish jarayonlari oʻrganildi.
Ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qoʻyildi va mahalla raisiga faoliyatini yanada jonlantirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3