Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
MAHALLALARDA HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI VA IJTIMOIY PROFILAKTIKA TADBIRLARI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Reglament va odob-axloq masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Zafar Umurzakov, 7-Sutbuloq saylov okrugi deputati Islomiddin Allayarov hamda tegishli tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Lalmikor” mahallasida oʻrganishlar olib borildi. Tizimli nazorat tadbirlarida xonadonbay oʻrganishlar, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish borasidagi ishlar holati koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida mahalladagi hokim yordamchisining umumiy faoliyati samaradorligi hamda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tadbirlarining borishi atroflicha tahlil qilindi.
Asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratilgan:
Hokim yordamchilarining umumiy faoliyati: Mahallaning drayverlari asosida mikroloyihalarni ishga tushirish, xonadonbay reyting tizimi, oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratish va "Individual reja"lar ijrosi;
Ijtimoiy profilaktika va hamkorlik: Profilaktika inspektori tomonidan aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi orqali hokim yordamchilariga yuborilayotgan band boʻlmagan va ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish hamda kasb-hunarga yoʻnaltirish holati;
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berilib, masʼullarning hisobotlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 4