Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman Kengashi deputati Z. Alimov, viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi B. Qorayev, tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi S. Razzoqov hamda Yoshlar agentligining tuman bo‘limi rahbari A. Jabarov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yangi tahrirda qabul qilingan Qonunlarning mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan asosiy yangiliklar va amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, deputat Z. Alimov tomonidan o‘ziga biriktirilgan “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2002-yil 12-dekabrdagi 439-II-son) hamda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2003-yil 11-dekabrdagi 560-II-son)ning mazmun-mohiyati, fuqarolarning axborot olish huquqlari, axborot resurslaridan foydalanish tartibi va ushbu qonunlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6