Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 2-“Shalxar” saylov okrugidan saylangan deputati K.Narchayev tomonidan tuman veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida veterinariya xizmatlari faoliyati, hayvonlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi holati tahlil qilindi.

Shuningdek, veterinariya bo‘limi tomonidan chorva mollari va uy hayvonlari o‘rtasida kasalliklarning oldini olish, emlash tadbirlarini o‘z vaqtida tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan veterinariya xizmatlari sifati yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, qonun ijrosini ta’minlash va sohaga oid ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3