Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 19-«Gulshan» saylov okrugidan saylangan deputati M.Abdikarimov tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi fikr-mulohazalar muhokama qilindi.

Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflarini bildirdilar. Deputat tomonidan yoshlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar va imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sport, madaniyat va kitobxonlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallash orqali kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning ijobiy hal etilishi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3