Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Budjet mablag‘larining sarflanishi nazoratda: “Sulton Saodat” qabristoni atrofini o‘rash loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov, shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mustafakulov hamda shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G‘.Toshovlar ishtirokida “Sulton Saodat” qabristoni hududida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

💬 Tadbir davomida tarixiy va muqaddas ziyoratgoh hisoblangan “Sulton Saodat” qabristoni hududini zamonaviy temir panjara (yevro setka) bilan o‘rash loyihasiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larning sarflanish holati va iqtisodiy samaradorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Nazorat-tahlil davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢Mablag‘larning maqsadli sarflanishi: Loyiha uchun ajratilgan budjet mablag‘larining ortiqcha xarajatlarsiz, faqat belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi;

🟢Sifat va me’yorlar: Sotib olinayotgan va o‘rnatilayotgan temir panjaralarning sifat darajasi, chidamliligi hamda ziyoratgohning tarixiy qiyofasiga mos kelishi muhokama qilindi.

🫥 Shuningdek, loyihaning yakuniga qadar deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2