Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 YANGI MAKTAB QURILISHI JARAYONI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining 4-Sherobod saylov okrugi deputati R. Xolmirzayeva, Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 21-G‘urjak saylov okrugi deputati Z. Eshmurodova hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “G‘urjak 1” mahallasida barpo etilayotgan yangi maktab qurilishi jarayoni bilan tanishildi.

🏫 Mazkur obyekt O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida bunyod etilmoqda. Yangi maktab 330 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy ta’lim standartlari asosida qurilmoqda.

🔍 Tanishuv davomida qurilish ishlarining borishi, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda obyektning sifatli va o‘z muddatida foydalanishga topshirilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Mutasaddilar tomonidan qurilish jarayonini tizimli nazorat qilib borish va belgilangan ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6