Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Kengash_faoliyati

Xalq bilan yuzma-yuz muloqot — muammolar yechimining eng qisqa yo‘li

Bandixon tumanida aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar va tadbirkorlarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish maqsadida tuman hokimining navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi.

Prezident Xalq qabulxonasida tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdumalik Allamuradov tomonidan o‘tkazilgan qabulda tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Murojaatlarda oqova suv tizimini yaxshilash, ijtimoiy ko'mak, kadastr, elektr energiya, suyultirilgan gaz ta’minoti hamda boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

🔹 Qabul davomida jami 7 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
🔹 Shundan 4 tasi joyida ijobiy hal etildi.
🔹 Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Aholining muammolarini tinglash va ularning yechimi ustida ishlash — xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi bosh mezondir. Bandixonda bu boradagi ochiq muloqotlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 5