Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlarni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish hamda odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Aholi xavfsizligini ta’minlash, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda inson huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📁 Huquqbuzarliklar profilaktikasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-263 | Qabul qilingan sana: 29.09.2010

🔺 Mazkur qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan.

📝 “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-371 | Qabul qilingan sana: 14.05.2014

🔺 Ushbu qonun huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish, profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

📝 “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-633 | Qabul qilingan sana: 17.08.2020

🔺 Mazkur qonun odam savdosining oldini olish, ushbu jinoyatdan jabrlangan shaxslarni himoya qilish, reabilitatsiya qilish hamda bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

💡 Ushbu qonun hujjatlarini puxta o‘rganish mahalliy Kengash deputatlariga hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi faoliyatida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1