Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTATLIK FAOLIYATIDAN

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi O.Sharipov shahardagi “Guliston” MFYda bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-327-son, 2012-yil 26-aprel) talablari asosida olib borildi. 

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarni daromadli mehnat bilan qamrab olish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kredit va subsidiyalar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

📊Jumladan:

➡️oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
➡️ yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash ishlari;
➡️ kredit va subsidiyalar ajratilishi holati;
➡️ tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar bilan ishlash;
➡️ o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar sonini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
➡️ tegishli hujjatlar yuritilishi va ijro holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinib, oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarning bandligini ta’minlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish mahallada tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4