Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Ijtimoiy xodim faoliyati deputat e’tiborida.

Ijtimoiy xodim faoliyati deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Jamshid Raximqulov tomonidan Gulzor mahallasida ijtimoiy xodim Mahbuba Meyliqulova faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlarni manzilli tashkil etish hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordam va imtiyozlarning o‘z egalariga yetib borishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat tomonidan ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini yanada oshirish, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1