Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat sifatidagi faoliyati.

Deputat sifatidagi faoliyati.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan 6-Qorasuv saylov okrugi deputatining Gulzor mahallasida olib borayotgan faoliyati doirasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, fuqarolarga ajratilgan imtiyozli kreditlar, ularning maqsadli yo‘naltirilishi hamda kredit mablag‘lari hisobidan tashkil etilgan yangi ish o‘rinlari holati deputat tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar o‘rganildi. Tahlil davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.


Deputat tomonidan mahallada iqtisodiy faollikni oshirish, fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topish hamda ajratilayotgan kredit mablag‘larining samaradorligini muntazam nazorat qilib borish muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Slide 1 of 1