Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, xususan elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy soha hamda fuqarolarning kundalik hayotiga taalluqli murojaatlar tinglandi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘riladi.

Ayrim masalalar deputatning bevosita sa’y-harakatlari natijasida joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi. Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha deputat tomonidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, saylovchilarni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1