Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar deputatga taqdim etildi.

Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlar sifati, ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1