Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
#Deputat_nazorati: "Yangiariq" mahallasida chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilishi oʻrganildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi 15-Nodira saylov okrugidan OʻzLiDeP partiyasi orqali saylangan deputat Yusuf Hamroyevich Murodov "Yangiariq" mahallasida aholini qiynayotgan masalalar va hududdagi ekologik holatni, xususan, maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketilish jarayonini oʻrgandi.
Deputat oʻrganish davomida mahalla hududidagi bir nechta xonadonlarda boʻlib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi:
"Qizil tom" koʻchasi, 134-xonadonda yashovchi D.Toirov xonadoni;
"Yangiariq" koʻchasi, 71-xonadonda yashovchi N.Choriyev xonadoni;
"Qizil tom" koʻchasida istiqomat qiluvchi S.Sultonova xonadoni.
Suvrat va muloqotlar davomida aniqlanishicha, mazkur koʻchalarda maxsus texnikalar yordamida maishiy chiqindilarni olib ketish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan.
Aholi fikri: Suhbat davomida xonadon egalari hududda chiqindilar har haftaning dushanba kuni muntazam ravishda olib ketilayotganini, bu borada hech qanday muammo yoki kechikishlar yoʻqligini bildirishdi hamda koʻrsatilayotgan xizmatlardan mamnun ekanliklarini bayon qilishdi.
Saylov okruglaridagi haqiqiy holatni oʻrganish va aholi farovonligini taʼminlash borasidagi deputatlik nazorati tadbirlari davom etadi.

Slide 1 of 4