Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
#DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari viloyat Kengashining 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan deputat J.Pardayevning yordamchisi T.Abdullayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, O‘zMTDP tuman Kengashi raisi A.Mamatmuratov, O‘zLiDeP tuman Kengashi raisi J.Hayitov hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassislari ishtirokida “Obshir” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 21-sonli umumta’lim
maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 

  

Tadbir davomida maktabda olib borilayotgan tom qismini rekonstruksiya ishlari, qurilish jarayonlarining belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda qurilish muddatlariga rioya etilishi holati o‘rganildi. 

Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng foydalanishga topshiriladigan obyektlarning holati va mavjud masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan muhokamalar olib borildi. 

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash hamda ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi. 

Deputatlik nazorati tadbirlari ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash hamda aholiga munosib shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 3