Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari X.Abdurahmonov va M.Raimdjanov tomonidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-21-17-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan Marg‘ilon shahrini aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish bo‘yicha “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Jumladan, “Tut tagi” mahalla fuqarolar yig‘inining Ipak yo‘li ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan oqava suv tarmog‘ini tortish ishlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida 200 dan ziyod xonadonni qamrab oluvchi, umumiy uzunligi 1,7 kilometr bo‘lgan oqava suv tarmog‘i barpo etilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etib, uning amalga oshirilishi hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholining turmush sharoitini yanada qulaylashtirish hamda sanitariya-gigiyena holatini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, loyiha ijrosini samarali tashkil etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8