Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
FARMON IJROSI YUZASIDAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

 FARMON IJROSI YUZASIDAN OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Rahimov hamda kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov Turk mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PF–209-son Farmoni ijrosi
doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.


O‘rganish davomida asosiy e’tibor, mahalla raisi tomonidan hokim yordamchisi,
xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, soliq
inspektori hamda ijtimoiy xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning
salohiyatidan mahallani rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish, bandlikni
ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash ishlarida
samarali foydalanish masalalari atroflicha tahlil qilindi.


Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish,
kambag‘allikni qisqartirish hamda yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida
aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda
ularni hal etish choralari nazoratga olinib, “Deputatning ko‘cha o‘rganish
daftari”ga kiritildi.
  

Slide 1 of 3