Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Bunyodkorlik jarayonidan: Qaror va dastur ijrosi amalda.

🤔Qumqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi 4R-101 avtomobil yo‘lining 0–7 km qismida keng ko‘lamli qayta qurish ishlari belgilangan reja asosida izchil olib borilmoqda.

🤔Mazkur loyiha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq amalga oshirilib, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

🤔Loyiha doirasida avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan 3 ta ko‘prik to‘liq qayta qurildi. Texnik holati zamon talablariga javob bermagan eski ko‘priklar demontaj qilinib, ularning o‘rnida mustahkam, zamonaviy va xavfsizlik talablariga mos yangi ko‘prik inshootlari barpo etildi.

🤔Shuningdek, avtomobil yo‘lining 3 km qismida asfalt qoplamasini yotqizish ishlarining birinchi bosqichi yakunlandi. Hozirgi kunda esa belgilangan ish rejasi asosida asfalt yotqizish ishlarining navbatdagi bosqichi jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.

🤔Mazkur ishlar yakunlangach, 4R-101 avtomobil yo‘lining 0–7 kilometr qismi aholiga va haydovchilarga yanada qulay, ravon hamda xavfsiz xizmat qilishi bilan birga, tuman infratuzilmasi yaxshilanadi hamda zamonaviy qiyofa kasb etadi.

Abdusamatov Sherzod

Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi
kotibiyati mudiri

Slide 1 of 8