Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazida o‘rganish olib borildi.

#162_Qonun

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 99 nafar 23 yoshgacha bo‘lgan yetim bolalar hamda 1045 nafar vasiylik va homiylikka olingan bolalar mavjud. Shuningdek, 14 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar berilgan bo‘lib, ular belgilangan tartibda test sinovlarida 57 ball to‘plagan taqdirda grant asosida o‘qishga qabul qilinadi, bepul yotoqxona va stipendiya bilan ta’minlanadi.

O‘rganishda tumanda hozirgi kunda ijtimoiy reyestrda 1086 ta kam ta’minlangan oila mavjudligi, kambag‘allik darajasi esa 1,6 foizni tashkil etishi ma’lum qilindi.

O‘rganish yakunida qonun ijrosini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3