Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Qaror ijrosi yuzasidan navbatdagi o‘rganish amalga oshirildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan monitoring tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish Vaqf Chorsu mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, Ittifoq ko‘chasi 16-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro E.Samiyev xonadonida olib borildi.

Monitoringda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov, ishchi guruh a’zolari hamda Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida qaror asosida xonadonda amalga oshirilayotgan yashil ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mutasaddilar tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan zarur hujjatlar taqdim etilib, ta’mirlash jarayonining bugungi holati muhokama qilindi.

Ishchi guruh a’zolari tomonidan:
qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati;
qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi;
ishlarning belgilangan muddatlarga muvofiqligi;
yaratilayotgan sharoitlarning amaldagi talablarga mosligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy rioya etish hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va Kengash qarorlari ijrosi ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4