Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova o‘zi saylangan 9-Tuvadoq saylov okrugi hududiga kiruvchi Obod Yurt mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati 24 ta tavsiya asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholini sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat bilan qamrab olish holati, hokim yordamchisi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar bilan ishlash tizimi hamda kam ta’minlangan fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati, soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi hamda hududga investitsiyalar jalb etish, dasturlarga kiritilgan loyihalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallada aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5