Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Kengash raisi Obod Yurt mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi raisi D.Karimova o‘zi saylangan 9-Tuvadoq saylov okrugi hududiga kiruvchi Obod Yurt mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tumandagi tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari ham ishtirok etib, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Muloqot davomida ichimlik suvi ta’minoti, suyultirilgan gaz yetkazib berish, elektr energiyasi, kommunal xizmatlar hamda ijtimoiy sohalarga oid jami 8 ta murojaat kelib tushdi.

Shundan:
✅ 2 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berildi;
✅ 6 ta murojaat nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi.

Murojaatlarni qonun talablari asosida ko‘rib chiqish, ularning ijrosini ta’minlash hamda belgilangan muddatlarda hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 9