Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
Deputat hududidagi muammolar va loyihalar ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 12-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati G‘. Soliyev hududiga qarashli Amirobod mahalla fuqarolar yig‘inida Viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva, Kengash kotibiyati mudiri G‘. Abdullayev, Kotibiyat bosh mutaxassisi A. Ismoilov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R. Yegitaliyevlar ishtirokida hududdagi mavjud muammolar va investitsion loyihalar o‘rganildi.

🏗 O‘rganishlar davomida Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi “Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan xizmat ko‘rsatish, sanoat va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarning amalga oshirilish holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

💧 Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan ichimlik suvi ta’minoti, hududni obodonlashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar atroflicha tahlil qilindi.

📝 O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolar deputatning nazorat daftariga kiritilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 9