Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
"Mahalla yettiligi" faoliayti o‘rganildi

✅ Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 12-Bog‘ishamol saylov okrugi deputati G‘.Soliyev hududiga qarashli Amirobod mahalla fuqarolar yig‘inida, Viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar ishtirokida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, mahalla aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holati hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

💧🏡 Shuningdek, hududni o‘rganish davomida ichimlik suvi ta’minoti va mahallani obodonlashtirish bilan bog‘liq 2 ta muammo aniqlanib, ular deputatning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi hamda nazoratga olindi.

Slide 1 of 4