Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
янв.21
БЕПУЛ ҲУҚУҚИЙ ЁРДАМ — ЭНДИ ЯНАДА ЯҚИН!
янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
DEPUTAT O‘RGANUVI: MINOR MAHALLASIDAGI YO‘L HOLATI E’TIBORDA

O‘rganish davomida mahalladagi ikki hududda — “Qozog‘iston” turar joy majmuasi va poliklinika oralig‘idagi yo‘l qismi, shuningdek 122A-uy yaqinidagi bolalar maydonchasi atrofidagi yo‘l qismida asfalt-beton ishlari sifatsiz bajarilgani yuzasidan aholining e’tirozlari tinglandi.

Fuqarolarning ta’kidlashicha, joriy yil 15-may kuni mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida yo‘l qoplamasi cho‘kib, ayrim joylarda yemirilish va notekisliklar paydo bo‘lgan. Natijada chang ko‘tarilishi, bolalar va mahalla aholisi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda harakat xavfsizligiga noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzaga kelgan.

Aholi mazkur yo‘l qismlarida ta’mirlash ishlarini texnik talablarga rioya qilgan holda, sifatli va kunduzgi vaqtda qayta amalga oshirish zarurligini bildirmoqda.

Mazkur masala “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar mazmunidan kelib chiqib o‘rganildi.

Deputat O.R. Kashkarov tomonidan fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalalar tegishli mas’ul tashkilotlarga yetkazilishi hamda muammoni qonuniy tartibda bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

✅ Maqsad — mahalla aholisi uchun xavfsiz, qulay va sifatli yo‘l infratuzilmasini ta’minlashga ko‘maklashishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1