Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
Doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 16-iyun kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo'lib o'tdi. “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish” loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan loyiha konsepsiyasi muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasining hududiy muvofiqlashtiruvchisi Turayev Ulug‘bek Xudoyberdiyevich mazkur loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning ahamiyati hamda kutilayotgan natijalar yuzasidan hisobot berdi.

Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan loyiha konsepsiyasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Komissiya a’zolari loyiha qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Yig‘ilishni xalq deputatlari viloyat Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Dilfuza Djo‘rayeva olib bordi.

Ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uni xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.

Slide 1 of 4