Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari kesimidagi eng muhim qonunlar

🏛 Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish, vijdon erkinligini ta’minlash hamda aholining malakali yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun hujjatlarini chuqur o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝 Bugungi kunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📁 Fuqarolik jamiyati sohasi bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan muhim qonunlar:

📝 “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni

📆 №O‘RQ-350 | Qabul qilingan sana: 22.04.2013

📝 Mazkur qonun mahallalarning vakolatlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish hamda aholini hududlarni rivojlantirish jarayonlariga faol jalb etishga xizmat qiladi.

📝 “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-443 | Qabul qilingan sana: 07.09.2017

📝 Ushbu qonun fuqarolarning qonunchilik hujjatlari va boshqa huquqiy axborotlardan erkin foydalanish huquqini ta’minlash, huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan.

📝 “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni

📆 №O‘RQ-699 | Qabul qilingan sana: 05.07.2021

📝 Qonun fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlash, diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga solish hamda jamiyatda diniy bag‘rikenglik va totuvlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1