Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
#24_tavsiya

#24_tavsiya

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 16-Zang saylov okrugi deputati Qulliyev Ergash tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasida 18-sonli umumta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida deputat, avvalo, maktab kutubxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Kutubxonachi Xolmurodova Manzura tomonidan kutubxonada 15 mingdan ortiq kitob jamlanmasi mavjudligi, ushbu boy fond yosh avlodning ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutishi haqida ma’lumot berildi.


Ta’kidlanganidek, kitob bolajonlarning nafaqat bilim manbai, balki ma’naviy kamolotiga xizmat qiluvchi bebaho boylikdir.
Shuningdek, deputat maktabda tashkil etilgan zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan tanishib, monitor va axborot texnologiyalari orqali olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarini kuzatdi. Ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan ijobiy baholandi.


Maktab hududida tashkil etilgan milliy qadriyatlar hamda Vatan faxriylari burchaklari deputat tomonidan alohida e’tirof etilib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlar merosi va faxriylar xizmatini qadrlash borasidagi bunday tashabbuslarning ahamiyati ta’kidlandi.

Slide 1 of 1