Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«Режа аниқ, мақсад ягона: Қўрғонтепа туман Кенгаши котибияти ўз фаолиятини қатъий назорат остида давом эттиради»
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИ РАҲБАРИЯТИ ВА КОТИБИЯТИ
янв.21
ҲИСОБОТЛАР ТИНГЛАНДИ ЭНДИ НАТИЖА ҚАНДАЙ БЎЛАДИ?
янв.21
ЯНГИ ҲАФТА — ЯНГИ ВАЗИФАЛАР: КОТИБИЯТДА ИШ РЕЖАСИ ТАСДИҚЛАНДИ!
янв.21
ИНФРАТУЗИЛМА ИШЛАРИ ДЕПУТАТЛАР НАЗОРАТИДА
янв.21
ЧИҚИНДИ ВА СПОРТ ИНШООТЛАРИ: ҲОЛАТ ҚАНДАЙ?
янв.21
APREL OYIDA AMALGA OSHIRILADIGAN MUHIM ISHLAR
янв.21
ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВА ЧЕККА ҲУДУДЛАР: ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ
янв.21
МАРТ ОЙИДАГИ УСТУВОР ВАЗИФАЛАР ВА НАЗОРАТ ТАДБИРЛАРИ
янв.21
ХАЛҚ ИЧИДА САМИМИЙ МУЛОҚОТ: МУАММОЛАРНИНГ ЕЧИМИ БОШ МАҚСАДИМИЗ!
"Nurli kelajak" mahallasida faollar faoliyati atroflicha tahlil qilindi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati T.Berdiyevning saylov okrugiga qarashli “Nurli kelajak” mahallasida bo‘ldi.

💬 Ushbu nazorat-tahlil jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, mahalla faollarining ish samaradorligini baholashga qaratildi.

💬 Xususan:

🟢Xotin-qizlar faoli:
 Mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish holati tahlil qilindi.

Ayollarning muammolarini hal etishdagi samaradorligi va tashabbuskorligi baholandi.

🟢Yoshlar yetakchisi: Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish (sport to‘garaklari, madaniy tadbirlar), ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarga doimiy e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🟢Profilaktika inspektori: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash, aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish va xonadonbay ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi ko‘rib chiqildi.

Mahallada tinch va osoyishta muhitni ta’minlashdagi faoliyati baholandi.

💬 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalla faollari ish samaradorligini yanada oshirish hamda aholi muammolarini "mahalla-bay" hal etish bo‘yicha tegishli amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 4